← VLab XR
⚡

MIS ELEKTROKIMYOVIY EKVIVALENTI

Faradey qonuni — elektroliz tajribasi

Vaqt (sim.)
0:00
Tayyor
Cu²⁺ (Anod → Katod) SO₄²⁻ (Katod → Anod) Cho'kkan mis qatlami
I = 1.0 A m = 2.000 g Δm = +0.000 g
🖱 sudrab — aylantirish · g'ildirak — zoom
Anod (+) — Erish (Oksidlanish)
Cu → Cu²⁺ + 2e⁻
Mis plastinkasi erib, eritmaga Cu²⁺ beradi
Katod (−) — Cho'kish (Qaytarilish)
Cu²⁺ + 2e⁻ → Cu↓
Katod yuzasida sof mis qatlami o'sadi
1.0 A

Dastlabki (quritilgan) katod massasi: m₁ = 2.000 g

📖 Nazariya

Ish maqsadi: Elektrolitlarda tok tabiatini, Faradey qonunlarini o'rganish va misning elektrokimyoviy ekvivalentini tajribada aniqlash.

Tuz, kislota va ishqor eritmalari — elektrolitlar — tokni ionlar vositasida o'tkazadi (elektrolitik dissotsiatsiya). Mis kuporosi (CuSO₄) eritmasiga tushirilgan ikki elektrod orqali tok o'tganda, musbat Cu²⁺ ionlari katodga borib neytrallanadi va mis qatlami cho'kadi — bu jarayon elektroliz deyiladi.

m = k·I·tFaradeyning I qonuni: ajralgan modda massasi tok kuchi va vaqtga proportsional
k = A / (Z·F)Faradeyning II qonuni: k — elektrokimyoviy ekvivalent, A — molyar massa, Z — valentlik, F — Faradey soni (≈96500 Kl/mol)
e = F / NₐElektron zaryadi, Nₐ = 6.02·10²³ 1/mol — Avogadro soni

Ish tartibi:

  1. Katod oldindan tozalanib, quritilib tortiladi (m₁).
  2. Reostat bilan kerakli tok kuchi I tanlanadi, kalit K ulanadi va sekundomer ishga tushadi.
  3. Belgilangan vaqt o'tgach kalit uziladi, katod chiqarilib quritiladi va elektron tarozida qayta tortiladi (m₂).
  4. m = m₂ − m₁, so'ng k = m/(It), F = A/(kZ), e = F/Nₐ hisoblanadi.
📊 Natijalar jadvali
№I (A)t (daq)m₁ (g)m₂ (g)k (g/Kl)F (Kl/mol)
Hali ma'lumot yo'q.
O'rtacha F
---
Hisoblangan e
---